“Ayolga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2026-03-06 17:10:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasida xodimlar ishtirokida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida “Ayolga ehtirom” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir xodimlar orasida ijtimoiy mas’uliyatni oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ayollarning jamiyatdagi roli haqida fikr almashish imkoniyatini yaratdi.
Tadbirga Toshkent shahar “Ayol ma’rifati” targ‘ibot guruhi rahbari, Toshkent shahri “Iffatli kelin” o‘quv markazi ta’sischisi, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi Karimova Barno Patxullayevna taklif qilindi.
Davra suhbati davomida xodimlarga ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlar va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bilan ayollarning huquqlari, oiladagi va jamiyatdagi roli, qolaversa, gender tengligini ta’minlash masalalari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlar ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, oila va jamiyat qadriyatlarini mustahkamlash hamda davlat rivojiga o‘z hissasini qo‘shish bo‘yicha fikr va takliflarini faol tarzda bildirdi.
