Xorazm viloyatida radioelektron vositadan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
2026-02-18 11:15:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy bo‘limi, Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Gurlan tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida Gurlan tumani “Mevazor” mahallasida fuqaro M.B. tomonidan mobil kuchaytirgich (repiter) qurilmasidan belgilangan tartib va texnik talablarga zid ravishda foydalanilgani aniqlanib, mazkur holat mobil aloqa operatorlari baza stansiyalari faoliyatiga radioxalaqit keltirganligi qayd etildi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, qurilma demontaj qilindi. Fuqaro M.B.ga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda jarima jazosi qo‘llanildi.
Shuningdek, monitoring davomida fuqarolarga radioelektron vositalardan foydalanishda amaldagi me’yor va talablarga qat’iy rioya etish zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
