Sayyor qabul
2026-02-16 10:35:00 / E'lonlar

Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan joriy yilning 17-fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Konstitutsiya” MFYda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
📝 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida murojaatlaringiz mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etib, muammoli masalalaringizga yechim topishingiz mumkin.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, “Konstitutsiya” MFY, Tafakkur 1-tor ko‘chasi, 43-uy.
