Sayyor qabul
2026-02-18 10:35:00 / E'lonlar

Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limi tomonidan joriy yilning 19-fevral kuni soat 11:00 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Uchqizil” MFY, At-Termiziy ko‘chasi, 51-uy.
(Termiz tumanidagi “Uchqizil” pochta aloqa bog‘lamasi binosi)
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 76 228-45-35
