"O‘zkomnazorat" Inspeksiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
2025-06-03 13:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 3-iyun kuni “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Zoom platformasi orqali navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Inspeksiyaning 2025-yil I chorakdagi faoliyati yakunlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijalari, aniqlangan muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Inspeksiya faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik ishlar samaradorligi, xodimlar o‘rtasida halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
