Rasmiy munosabat
2026-01-03 13:35:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan raqamli televideniye xizmatlari sifati yuzasidan bildirilayotgan murojaatlar “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda doimiy monitoring qilinadi.
Xususan, joriy yilning 2-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Taqachi ko‘chasi hududida “FREE LINK” provayderi tomonidan ko‘rsatilayotgan raqamli televideniye xizmatlarida uzilishlar yuzaga kelgani haqida murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda nazoratga olinib, holat provayder bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda. Provayder tomonidan xizmat sifatini tiklash va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
