Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
2025-12-05 17:20:00 / Yangiliklar

Bugun, 5-dekabr kuni "O‘zkomnazorat" Inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi hamda Davlat madhiyasi kuniga bag‘ishlangan "Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda falsafa fanlari doktori (DSc), professor, “Ma’rifat targ‘ibotchisi” jamiyati a’zosi Yusubov Jaloliddin Qadamovich ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada Konstitutsiyaning yaratilish jarayoni, unda mujassam bo‘lgan demokratik tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, davlat ramzlarining jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Konstitutsiya va Madhiyaning milliy o‘zligimizni ifodalovchi yuksak qadriyat sifatidagi o‘rni, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mamlakatimizda huquqiy ongni yuksaltirish, davlat ramzlariga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy barkamollikni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar va tashabbuslar yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv davomida mavzuga oid savollar muhokama qilinib, xodimlar bilan ochiq muloqot olib borildi.
