“Ishonch telefoni” operatorlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
2025-11-25 14:30:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Pochta aloqasini nazorat qilish bo‘limi tomonidan 1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” xizmati operatorlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda operatorlarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari, shuningdek pochta aloqasi sohasiga oid kelib tushayotgan murojaatlarni to‘g‘ri va to‘liq qabul qilish tartibi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, murojaatchilar bilan muomala madaniyatiga rioya etish, ularga beriladigan javoblarning qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Tadbir savol-javob shaklida yakunlanib, operatorlarning pochta aloqasi sohasi bo‘yicha bergan savollariga batafsil javoblar berildi.
