Sirdaryo viloyatida loyiha va pudrat tashkilotlari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
2025-11-13 14:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-son, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son hamda 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida viloyat arxitektura-shaharsozlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat arxitektura-shaharsozlik kengashi aʼzolari, loyihalash va pudrat tashkilotlari vakillari, qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlar egalari, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Sirdaryo viloyat hududiy shu’balari mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hududida amalga oshirilayotgan 35 ta yirik loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalari ko’rib chiqildi. Har bir loyiha yuzasidan aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar bildirildi.
Qolaversa, “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi vakillari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” hamda Prezidentning 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son qarorida belgilangan telekommunikatsiya infratuzilmasini loyihalash talablari yuzasidan ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.
