Yadro tibbiyoti
2024-09-21 12:55:00 / Yangiliklar
🧬 Hech kimga sir emaski, saraton kasalligi, shubhasiz, zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib kelmoqda. Shu jumladan, ushbu mavzu respublikamizda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Biroq, tibbiyotning so'nggi yutuqlari tufayli saratonning ko'plab turlari allaqachon erta tashxis qo'yish imkoniyatiga ega bo'ldi va ularni hatto oxirgi bosqichida ham nazorat qilish mumkin bo'ldi, bu esa bemorlarga to'liq hayot kechirish imkonini beradi.
🔎 Radioterapiya va radiofarmatsevtikadan tortib tibbiy asbob — uskunalarni sterilizatsiya qilishgacha bo'lgan saraton kasalligini tashxislash va davolashda yadro fani qanday muhim rol o'ynashi haqida videoda ko'proq bilib oling.