Suhbat savollari
| 1 | Telekommunikatsiya tarmoqlarini tartibga solish agentligining asosiy vazifasi nima? |
| 2 | Telekommunikatsiya sohasida lisenziya nima uchun beriladi? |
| 3 | Telekommunikasiyalar sohasidagi faoliyatni lisenziyalash nima uchun kerak? |
| 4 | O‘zbekiston Respublikasida telekommunikasiyalar sohasidagi faoliyatni lisenziyalashda qaysi normativ-huquqiy aktlar huquqiy asos hisoblanadi? |
| 5 | Qanday faoliyat turlari lisenziyalanadi? |
| 6 | Bir vaqtning o‘zida mahalliy, shaharlaro va xalqaro telekommunikasiya tarmoqlarini loyihalashtirish va qurishga lisenziya hamda ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish uchun lisenziya olish mumkinmi? |
| 7 | Telekommunikasiyalar sohasida lisenziyalar necha yil muddatga beriladi? |
| 8 | Lisenziya uchun to‘lanadigan yillik davlat boji miqdorlari qaysi qonunchilik hujjatida belgilangan? |
| 9 | Telekommunikasiyalar sohasida lisenziya olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi? |
| 10 | Lisenziya berish qanday hollarda rad etiladi? |
| 11 | Lisenziya berish rad etilganda arizani qayta ko‘rib chiqish imkoniyati bormi? |
| 12 | Lisenziya qaysi hollarda bekor qilinishi mumkin? |
| 13 | Mavjud lisenziya uchun har yillik davlat boji to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda qanday sanksiyalar qo‘llaniladi? |
| 14 | Lisenziya berish to‘g‘risida qaror qanday muddatlarda qabul qilinadi? |
| 15 | Farmonga ko‘ra Agentlikning moliyaviy va tashkiliy mustaqilligi nima uchun muhim hisoblanadi? |
| 16 | IP-manzil nima? |
| 17 | Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati qanday baholanadi? |
| 18 | Tarmoqlarni zahiralash (rezervlashtirish) nima uchun kerak? |
| 19 | Telekommunikatsiya tarmoqlari xavfsizligi nima? |
| 20 | Telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan boshqarishning afzalligi nimada? |
| 21 | Milliy segment deganda nima tushuniladi? |
| 22 | O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi qaysi hujjatga asosan tashkil etilgan? |
| 23 | Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy maqsadi nima? |
| 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmoniga ko‘ra davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan xodim bilan mehnat shartnomasi qanday tartibda tuziladi? |
| 25 | Davlat xizmatiga yangi kirgan xodimlar uchun qanday majburiy o‘quv talabi belgilangan? |
| 26 | Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? |
| 27 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmonida davlat xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalarini oshirish nima uchun majburiyat sifatida belgilangan? |
| 28 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmonida ochiq tanlov mexanizmlariga alohida e'tibor qaratilishining sababi nimada? |
| 29 | Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida xotin-qizlar ulushini oshirish bo‘yicha qanday maqsad belgilangan? |
| 30 | Davlat xizmatida “gorizontal” va “vertikal” karyera o‘sishi deganda nima tushuniladi? |
| 31 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmonning davlat boshqaruvi tizimidagi eng muhim strategik ahamiyati nimada? |
| 32 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmoni bilan davlat fuqarolik xizmatida qanday konseptual yondashuv joriy etildi? |
| 33 | O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi qaysi hujjatga asosan tashkil etilgan? |
| 34 | Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy maqsadi nima? |
| 35 | «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi qaysi vazirlik hisoblanadi? |
| 36 | Agentlik qaysi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritadi? |
| 37 | Agentlik kimga hisobdor? |
| 38 | Vazirlar Mahkamasining 2025-yildagi 550-son qarorning to‘liq nomi qanday? |
| 39 | Telekommunikatsiyalar xizmatlari sifatini har oy monitoring qilish talabi qanday maqsadlarga xizmat qiladi? |
| 40 | Agentlikning Vazirlar Mahkamasiga hisobdorligi va qaror qabul qilishdagi mustaqilligi o‘rtasidagi muvozanat qanday ta'minlanadi? |
| 41 | Agentlik tomonidan xizmatlar sifati monitoringi natijalarining e'lon qilinishi qanday natija berishi mumkin? |
| 42 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2025-yil 21-avgustdagi PF-142-son Farmonning uzoq muddatli strategik ahamiyati nimada? |
| 43 | Provayder nima? |
| 44 | Trafik nima? |
| 45 | Magistral tarmoq nima? |
| 46 | Bazaviy stansiya nima? |
| 47 | Telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan boshqarishning afzalligi nimada? |
| 48 | Agentlikning strategik maqsadi nima? |
| 49 | Internet tezligini oshirish uchun qanday choralar ko‘riladi? |
| 50 | 4G va 5G texnologiyalari qanday afzalliklarga ega? |
| 51 | Milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining barqarorligi nima uchun muhim? |
| 52 | Telekommunikatsiya tarmoqlarini tartibga solish agentligining asosiy vazifasi nima? |
| 53 | Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini sanab bering. |
| 54 | Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. |
| 55 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga asosan yuridik xizmat xodimlariga qanday imtiyozlar yaratilgan? |
| 56 | “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy gʻoyalarini aytib bering. |
| 57 | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash bosqichlarini aytib bering. |
| 58 | Yuridik xizmat xodimining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki. |
| 59 | “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy mazmunini aytib bering. |
| 60 | Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining turlari va shakllari. |
| 61 | Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi va turlari. |
| 62 | Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati. |
| 63 | Normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish tartibi. |
| 64 | Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish tartibi. |
| 65 | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi qanday davlat organlari mavjud? |
| 66 | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi deganda nima tushuniladi? |
| 67 | Vazirlik, idoralar tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarga huquqiy vorislik deganda nimani tushunasiz? |
| 68 | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish tartibini ayti bering. |
| 69 | Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati haqida gapiring bering. |
| 70 | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash tartibi. |
| 71 | Gender-huquqiy ekspertiza deganda nimani tushunasiz. |
| 72 | Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish uchun tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari haqida nimalarni bilasiz? |
| 73 | O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz dagi muhokamalarda ishtirok etish tartibini bayon eting. |
| 74 | Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar va ularning kuchga kirishi haqida aytib bering. |
| 75 | Ijtimoiy sheriklik nima? Uning davlat xususiy sherikchiligi bilan o‘zaro farqi. |
| 76 | Parlament nazorati deganda nimani tushunasiz? |
| 77 | Elektron hukumatning asosiy vazifalari. |
| 78 | Huquqiy ekspertiza nima? |
| 79 | Mediatsiya tushunchasiga ta’rif bering. |
| 80 | Normativ-huquqiy hujjatning loyihasini uni qabul qiladigan organga kiritish tartibi. |
| 81 | Huquqiy madaniyat va huquqiy nigilizm tushunchasiga ta’rif bering. |
| 82 | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish tartibi haqida gapirib bering. |
| 83 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? |
| 84 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning qanday siyosiy huquqlari belgilangan? |
| 85 | O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati qanday qoida va normalarga asoslangan? |
| 86 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning qanday shaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan? |
| 87 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning qanday iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari belgilangan? |
| 88 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklarining kafolatlari qanday? |
| 89 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning burchlari nimalardan iborat? |
| 90 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq jamiyatning iqtisodiy negizlari nimalardan iborat? |
| 91 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi qanday? |
| 92 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tartibi. |
| 93 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari nimalardan iborat? |
| 94 | Qonunlarni qabul qilish hamda kuchga kirish tartibi. |
| 95 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qo‘yiladigan talablarni va saylash tartibini aytib bering. |
| 96 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi va hukumat a’zolarini shakllantirish tartibi. |
| 97 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish asosi va tartibi qanday? |
| 98 | Xalq deputatlari Kengashlarining hamda hokimlarning vakolatlari nimalardan iborat? |
| 99 | Fuqarolik jamiyati institutlari deganda nimani tushunasiz? |
| 100 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar qanday tartibda kiritiladi? |
| 101 | Kimlar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega? |
| 102 | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qanday hujjatlar qabul qilinadi? |
| 103 | O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimini aytib bering. |
| 104 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq moliya, pul va bank tizimi haqida gapirib bering. |
| 105 | O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati haqida gapirib bering? |
| 106 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi haqida gapirib bering. |
| 107 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq sud tizimi haqida gapirib bering. |
| 108 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vazifalari. |
| 109 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qanday ishlarni amalga oshiradi? |
| 110 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va advokatura qanday vazifalarni amalga oshiradi? |
| 111 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasini shakllantirish tartibi. |
| 112 | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qanday jamoat birlashmalarini tuzish taqiqlanadi? |
| 113 | Fuqarolik qonun hujjatlarini vaqt bo‘yicha amal qilishi. |
| 114 | Yuridik shaxs tushunchasi va turlari. Uning huquq layoqati. |
| 115 | Ashyoviy huquq nima? Unga nimalar kiradi? |
| 116 | Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari? |
| 117 | Bitim tushunchasi, turlari hamda shakllarini aytib bering. |
| 118 | Bitim va shartnomalarning farqli jihatlarini aytib bering. |
| 119 | Da’vo muddati tushunchasi. |
| 120 | Emansipatsiya tushunchasi. |
| 121 | Majburiyat tushunchasi va majburiyatning taraflari. |
| 122 | Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablarni sanab o‘ting. |
| 123 | Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari. |
| 124 | Subsidiar javobgarlik deganda nima tushuniladi? |
| 125 | Natsionalizatsiya, rekvizitsiya hamda musodara nima? Ularning o‘zaro bir biridan farqi? |
| 126 | Mualliflik huquqi obyekti va uning turlari. |
| 127 | Fuqarolarning huquq hamda muomala layoqati. |
| 128 | Xodimning mehnat huquqi va majburiyatlariga nimalar kiradi? |
| 129 | Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari. |
| 130 | Mehnat shartnomasi qanday shaklda va qanday muddatga tuziladi? |
| 131 | Jamoa shartnomasi tuzish tartibi. |
| 132 | Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati tushunchasi va dastlabki sinov muddati kimlarga tatbiq etilmaydi? |
| 133 | Qaysi sabablar (asoslar) mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli hisoblanadi? |
| 134 | Vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tish yoki o‘tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlarning toifalari kimlardan iborat? |
| 135 | Mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan ogohlantirish berish tartibi. |
| 136 | Xodimni ishdan chetlashtirish hollari haqida gapirib bering. |
| 137 | Mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish. |
| 138 | Mehnat qonunchiligi bo‘yicha ayollarga berilgan imtiyozlar. |
| 139 | Intizomiy jazo choralarining turlari va intizomiy jazoning amal qilish muddati. |
| 140 | Intizomiy jazolarni qo‘llanish tartibi qanday? |
| 141 | Har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari. |
| 142 | Mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi va asoslari. |
| 143 | Shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari. |
| 144 | Xo‘jalik shartnomasi tushunchasi. |
| 145 | Qachon shartnoma tuzilgan hisoblanadi? |
| 146 | Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari, tartibi va uning oqibatlari. |
| 147 | Xo‘jalik shartnomasiga qo‘yilgan asosiy talablar. |
| 148 | Energiya ta’minoti shartnomasi deganda nimani tushunasiz? |
| 149 | Ommaviy shartnoma nima? |
| 150 | Oferta va aksept nima? |
| 151 | Ommaviy oferta nima ? |
| 152 | Shartnomaning shakli. |
| 153 | Mahsulot yetkazib berish shartnomasi va uning amal qilish muddati. |
| 154 | Talabnoma bildirish tartibi. |
| 155 | Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik. |
| 156 | Xo‘jalik shartnomasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi. |
| 157 | Davlat xaridlari boʻyicha xarid qilish tartib-taomillarini turlarini sanab bering |
| 158 | Talabnoma bildirishni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari. |
| 159 | Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi va uning shakli. |
| 160 | Korxonani sotish shartnomasi tushunchasi. |
| 161 | Mulk ijarasi shartnomasi va uning obyektlari tushunchasi. |
| 162 | Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tushunchasi. |
| 163 | Korxonani ijaraga berish shartnomasi tushunchasi. |
| 164 | Lizing shartnomasi, uning obyekti va subyektlari. |
| 165 | Qurilish pudrati shartnomasi nima? |
| 166 | Davlat xaridlari doirasida elektron doʻkon orqali qanday tovarlarni xarid qilishga yoʻl qoʻyiladi. |
| 167 | To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish deganda nimani tushunasiz? |
| 168 | Olti-sotdi shartnomasining subyektlari kimlar? |
| 169 | Hadya shartnomasiga ta’rif bering. |
| 170 | Ayirboshlash shartnomasi nima? |
| 171 | Davlat xaridlari jarayoni qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi. |
| 172 | Davlat boshqaruv organlarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlar sohasidagi vakolatlari. |
| 173 | O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asosiy vazifalari. |
| 174 | Sudlarga tegishlilik va taalluqlilik tushunchalarini yoritib bering. |
| 175 | Himoya huquqini ta’minlash asoslari. (Aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasi). |
| 176 | Fuqarolik protsessual muomala layoqati tushunchasi. |
| 177 | Fuqarolik ishlarini ko‘rishda da’voning bahosi nimalarga asosan belgilanadi? |
| 178 | Qanday holatlar bo‘yicha shaxs fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etiladi? |
| 179 | Fuqaroviy da’vogarning hamda fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? |
| 180 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi. |
| 181 | Qaysi hollarda fuqarolik sudi ish yuritishni to‘xtatib turishi shart? |
| 182 | Fuqarolik protsessida arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari. |
| 183 | Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ish yuritishni tugatish asoslari va tartibi. |
| 184 | Qaysi hollarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud arizani qabul qilishni rad etadi? |
| 185 | Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori mazmuni. |
| 186 | Qanday ishlar iqtisodiy sudlarga taalluqli? |
| 187 | Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar. |
| 188 | Iqtisodiy sudga beriladigan da’vo arizasining shakli va mazmuni. |
| 189 | Iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilishni qaysi hollarda rad etadi? |
| 190 | Iqtisodiy sud apellatsiya instansiyasining vakolatlari hamda uning qarorlarini qonuniy kuchga kirishi. |
| 191 | Iqtisodiy sudga kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi va uning mazmuni. |
| 192 | Sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar. |
| 193 | Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi. |
| 194 | Sudyalar daxlsizligi qanday ta’minlanadi. |
| 195 | Hakamlik sudlari qanday ishlarni ko‘radi? |
| 196 | Kimlar hakamlik sudi sudyasi bo‘lishi mumkin? |
| 197 | Sudning hal qiluv qarorini qabul qilish jarayonlari haqida gapirib bering. |
| 198 | Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar deganda nimalarni tushunasiz? |
| 199 | Chet el fuqarolari va tashkilotlarining qanday fuqarolik protsessual huquqlari mavjud? |
| 200 | “Habeas Corpus” instituti haqida nimalarni bilasiz? |
