Aholidan kelib tuşgan murojaatlardan kelib çiqib Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş agentligida brifing ötkazildi.
2026-11-10 11:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan tamoyili Agentlik faoliyatining asosiy mezoni etib belgilandi. Şu bois, murojaatlar bilan işlaş oddiy ariza qabul qiliş emas, aholi muammosini amalda hal etiş tizimi sifatida yölga qöyildi.
Joriy yilning 9-noyabrga qadar Agentlikka 104 ta murojaat kelib tuşdi. Ulardan 20 tasi (19,2 foiz) Agentlik tomonidan bevosita körib çiqildi, 84 tasi (80,8 foiz) esa mobil aloqa operatorlari va provayderlarni jalb etgan holda tegişliligi böyiça hal etişga yönaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bevosita körib çiqilgan murojaatlarning 15 tasi (75 foiz) yakunlandi. Şundan 9 tasi ijobiy hal etildi, 6 tasi böyiça fuqarolarga huquqiy tuşuntiriş berildi.Eng muhimi, hisobot davrida bironta murojaatni körib çiqiş muddati buzilmadi va rad etilgan murojaat qayd etilmadi.
Şu bilan birga, sayyor qabullar orqali 17 ta (16,3 foiz), işonç telefoni orqali 12 ta (11,5 foiz) murojaat kelib tuşdi. Yozma şaklda 2 ta, şaxsiy qabulda 1 ta murojaat qabul qilindi.
Hududlar kesimida eng köp murojaat Toşkent şahri (26 ta), Surxondaryo (14 ta) va Sirdaryo (13 ta) viloyatlaridan kelib tuşdi. Uşbu uç hudud uluşiga jami murojaatlarning qariyb yarmi, ya’ni 51 foizi töğri kelmoqda.
Xususan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida murojaatlar soni aholi soniga nisbatan yuqori bölib, bu hududlarda murojaatlar sabablarini manzilli örganişni talab etmoqda.
Şu asosda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda aloqa qamrovi past olis, çekka va boriş qiyin hududlarda joylaşgan 182 ta aholi punkti röyxati şakllantirilib, ularda aloqa qamrovini kengaytiriş va xizmatlar sifatini oşiriş çoralari körilmoqda.
Murojaatlar bilan işlaş samaradorligini yanada oşiriş maqsadida kelgusida quyidagi vazifalar amalga oşiriladi:
Birinçidan. Sayyor qabullar doimiy tizimga aylantiriladi. Uçraşuvlar hududlar kesimidagi jadval asosida ötkazilib, har bir qabulda operatorlar, provayderlar va “Özkomnazorat” vakillarining iştiroki ta’minlanadi.
Ikkinçidan. Murojaatlar köp bölgan hududlarda manzilli örganiş ötkaziladi. Toşkent şahri, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida murojaatlar sabablari tahlil qilinib, takroriy murojaatlarning oldini oliş çoralari köriladi.
Uçinçidan. Murojaatlar raqamli nazoratga olinadi. Yaratilayotgan sifat monitoringi tizimida alohida “Murojaatlar” moduli nazarda tutilgan bölib, sifat körsatkiçlari doimiy tahlil qilinadi. Bu orqali muammolarni murojaat kelib tuşişidan oldin aniqlaş va bartaraf etiş tartibiga ötiladi.
Törtinçidan. Mobil aloqa qamrovi past bölgan olis aholi punktlarini aloqa bilan ta’minlaş böyiça vakolatli organlar bilan birgalikda işlar taşkil etiladi.
Kelgusida Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş agentligi “Yangi Özbekistonda har bir inson uçun sifatli, adolatli va işonçli telekommunikatsiya xizmatlarini ta’minlaş” maqsadidan kelib çiqib, telekommunikatsiya sohasida xizmatlar sifati va ommabopligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni izçil davom ettiradi.


