Surxondaryo viloyatida telekommunikatsiya xizmatlari sifati va qamrovi örganildi.
2026-11-07 14:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 7-noyabr kuni Agentlik rahbari Dilshod Quryozov boşçiligidagi işçi guruhi Surxondaryo viloyatining Şerobod va Muzrobod tumanilarida operator va provayderlar tomonidan körsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining qamrovi va ötkazuvçanlik darajasi, xizmatlar sifati, aloqa infratuzilmasining holati hamda iste’molçilarga xizmat körsatiş masalalari böyiça örganiş işlari olib borildi.
Örganişlar davomida viloyatning Şerobod tumani Oyinli, Qizilolma va Vandob MFYlar hamda Muzrobod tumani Fayzobod MFY faollari va aholisi bilan ötkazilgan oçiq muloqotlar davomida qiynab kelayotgan muammomalari va takliflari örganildi. Uçraşuvlar davomida tadbirkorlarning taklif va muammolari ham tinglandi.
Şuningdek, hududdagi mavjud telekommunikatsiya tarmoqlari va aloqa obyektlarining faoliyati örganilib, joylardagi soha vakillari bilan aloqa va internet xizmatlari sifatiga oid murojaatlar, ularni bartaraf etiş yuzasidan körilayotgan çoralar hamda mavjud muammolar atrofliça tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, xizmatlar sifatini oşiriş, mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş hamda hudud aholisini zamonaviy va sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlaş hamda litsenziya talablari va şartlariga qat’iy rioya qiliş yuzasidan mas’ullarga tegişli tavsiya va körsatmalar berildi.
Mazkur ötkazilayotgan örganişlar hududlarda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va qamrovini yaxşilaş, aloqa infratuzilmasini rivojlantiriş hamda iste’molçilar uçun yanada qulay va sifatli xizmat körsatiş tizimini yölga qöyişga qaratilgan.


