21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak!
2026-10-21 10:50:00 / Yangiliklar

Hurmatli yurtdoshlar!
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi barchangizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi!
Bugungi raqamli taraqqiyot davrida o‘zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya xizmatlari, elektron platformalar va raqamli makonda keng qo‘llanilishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tilimizning raqamli makondagi mavqeyini mustahkamlash, axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda milliy qadriyatlarimizni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi.
Ona tilimiz – milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimizning bebaho timsolidir. U xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi, ezgu qadriyatlari va orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan ulkan ma’naviy boylik.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
