Samarqandda bo'lib o'tayotgan "C5+1" sammiti doirasida "Viasat" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-10-19 16:00:00 / Yangiliklar

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov "Viasat" kompaniyasining Strategik hamkorlik va bozorni rivojlantirish bo‘yicha global rahbari Maykl Xouells bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, aviatsiya, davlat sektori hamda olis hududlarda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, an’anaviy aloqa infratuzilmasi cheklangan hududlarda barqaror va sifatli internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini mavjud telekommunikatsiya tarmoqlari bilan integratsiya qilish hamda sohada ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
