Samarqandda bo'lib o'tayotgan "C5+1" sammiti doirasida "Amazon Leo" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-10-19 15:00:00 / Yangiliklar

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov "Amazon Leo" kompaniyasining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha tartibga solish masalalari rahbari Dmitriy Vetlugin bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari orqali, ayniqsa, an’anaviy yerusti telekommunikatsiya tarmoqlari yetib bormagan olis hududlarda aholi va tadbirkorlik subyektlarini yuqori tezlikdagi, kechikish darajasi past keng polosali internet bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur texnologiyalarni joriy etish orqali chekka hududlarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, aholining internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot hamda elektron davlat xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
