Samarqandda bo'lib o'tayotgan "C5+1" sammiti doirasida "Ericsson" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-10-19 14:00:00 / Yangiliklar
Samarqandda bo'lib o'tayotgan "C5+1" sammiti doirasida "Ericsson" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov "Ericsson" kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti va Janubiy Yevropa va Yevroosiyo mijozlar bo‘limi rahbari Andrea Missori bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, 4G va 5G texnologiyalarini joriy etish, yadro tarmoqlari hamda bulutli dasturiy yechimlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, korxonalar uchun xususiy simsiz tarmoqlarni tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda sohada zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

