Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yangi qurilayotgan bino va inshootlarning zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.
2026-10-03 15:00:00 / Yangiliklar

O‘rganish ishlari doirasida Agentlik direktori Dilshod Quryozov boshchiligidagi ishchi guruh yangi qurilayotgan ob’ektlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini joylashtirish va ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — yangi barpo etilayotgan bino va inshootlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini oldindan rejalashtirish orqali sifatli aloqa va internet xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashdan iborat.
Agentlik rahbari “ob’ektlarni telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash imkoniyatlarini oldindan ko‘zda tutish, operatorlar va provayderlarga xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha teng va qulay sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sifatli, barqaror hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish”, — deya ta’kidladilar.


