1- oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
2026-10-01 10:00:00 / Yangiliklar

Insoniyat kamoloti, jamiyat taraqqiyoti, yurt ravnaqi va kelajak bunyodkorligining mustahkam poydevori – Sizlarning boy bilim va tajribangiz, sharafli va fidokorona mehnatlaringiz mahsuli.
Ustoz va murabbiy – nafaqat ta’lim va tarbiya berib, insoniyatning shaxs sifatida kamol topishiga, balki qalblarga ezgulik urug‘ini qadovchi, hayot yo‘lida to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatuvchi, shogirdlarini yuksak maqsadlar sari ruhlantiruvchi fidoyi insondir.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Jamiyatimizdagi eng jonkuyar, vatanparvar, xalqparvar insonlar, zamonamizning eng ilg‘or kishilari – bu avvalo ustoz va muallimlardir. Yangi O‘zbekistonning yangi Beruniylari, Xorazmiylari, Ibn Sinolari, Farg‘oniylarini kim kamolga yetkazadi? Albatta, Siz – ustoz va murabbiylar”.
Sizlarning mashaqqatli, sharafli va mas’uliyatli mehnatingizga yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.
Aziz ustozlar!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilab, shogirdlaringizning yutuqlari, yuksak marralari va Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasidan hamisha faxrlanib yurishingizni tilaymiz.
Sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar,
kuch-g‘ayrat va ilhom Sizga doimo hamroh bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
