Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov AQSH Davlat departamenti Kibermakon va raqamli siyosat byurosi (CDP) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-09-25 16:00:00 / Yangiliklar
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov AQSH Davlat departamenti Kibermakon va raqamli siyosat byurosi (CDP) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi faoliyati, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari uchun litsenziyalash tizimi, shuningdek, yangi tashkil etilgan Agentlikning texnik salohiyati va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar telekommunikatsiya sohasida tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish, hamda sohaning texnik rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqboldagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



