Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi va "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" MCHJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
2026-09-24 15:55:00 / Yangiliklar

CAEx binosida bo‘lib o‘tayotgan ICTWEEK Uzbekistan 2026 xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi va "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" MCHJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum telekommunikatsiya sohasida axborot almashinuvi, raqamlashtirish va axborot tizimlarini hamkorlikda rivojlantirish maqsadida tuzilgan.
Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
🟢telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslaridan samarali foydalanish;
🟢axborot almashish va raqamli yechimlarni rivojlantirish;
🟢telekommunikatsiya tarmoqlarining barqarorligini oshirish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda;
🟢texnik reglamentlar, standartlar va metodikalarni takomillashtirish;
🟢xalqaro tajriba va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish hamda joriy etish;
🟢qo‘shma tadqiqotlar, tajriba (pilot) loyihalari, seminarlar o‘tkazish; va mutaxassislarning malakasini (kompetensiyalarini) rivojlantirish.
Bu hamkorlik telekommunikatsiya sohasida raqamlashtirishni jadallashtirish, zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish, ma’lumotlar almashinuvi va monitoringni takomillashtirish hamda sohani samarali boshqarish uchun yagona raqamli infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.


