Sirdaryoda sayyor qabul o'tkaziladi
2026-09-09 10:00:00 / Sayyor qabullar
📣Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 11-sentyabr (juma) kuni Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov tomonidan sayyor qabul oʻtkaziladi.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, murojaatlar va shikoyatlar sonini kamaytirish hamda “Inson qadri” tamoyili asosida Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi rahbarining Sirdaryo viloyatida sayyor qabuli o'tkaziladi.
- Sana: 11-sentabr
- Vaqt: 10:00
- Manzil: Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Navbahor MFY, Mustaqillikning 10 yilligi qishlog‘ida.
