“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi.
2026-08-28 11:00:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yillik tantanalari arafasida yurtimizda inson qadri, uning Vatan taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi yana bir bor yuksak e’tirof etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va ibratli faoliyati bilan yurtimiz ravnaqiga xizmat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligiga ham bayram arafasida ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak kasbiy mahorati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan Agentlikning bir qator xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir hurmatli Prezidentimizning “35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,” – degan so‘zlari bilan boshlanib, yurtimiz mustaqillikka erishgandan buyon, ayniqsa yangi O‘zbekiston davrida amalga oshirilgan yirik loyihalar, islohotlar, bunyodkorlik ishlari hamda erishilgan yutuqlar, ularning samarasi o‘laroq tinchlik-xotirjamlik va farovon turmush natijasida insonlardagi shukronalik hissining ortib borayotganligi ta’kidlab o‘tildi.








