Jahon banki bilan telekommunikatsiya sohasini tartibga solish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-12 17:00:00 / Yangiliklar
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov Jahon bankining raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Luda Bujoreanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar telekommunikatsiyalar xizmati bozorida erkin raqobat muhitini shakllantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, Internet xizmatlarini taqdim etishda operator va provayderlarga qulaylik yaratish hamda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish
va istiqboldagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



