Agentlik rahbari “Urganch” oromgohida bo‘ldi
2026-08-06 14:00:00 / Yangiliklar
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori Dilshod Quryozov Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan “Urganch” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.

Tashrif davomida Agentlik rahbari oromgoh hududida yaratilgan sharoitlar, bolalarning dam olishi va mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish, xavfsizlik, ovqatlanish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi bilan tanishdi. Shuningdek, oromgohda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Agentlik rahbari bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taassurotlari va takliflarini tingladi. Suhbat davomida yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakda telekommunikatsiya va raqamli sohalarga qiziqishini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.



