Agentlikda navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
2026-08-04 17:00:00 / Majlislar

Yig‘ilishda Agentlik faoliyatining dolzarb masalalari, topshiriqlar ijrosi hamda ijro intizomi holati ko‘rib chiqildi. Agentlik boshqarma va bo‘limlarning hisobotlari va ish rejalari taqdimoti ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejalarini oyma-oy ishlab chiqish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yigʻilish davomida Agentlikning maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar doirasidagi dolzarb masalalarni tahlil qilish hamda ular yuzasidan tegishli taklif va chora-tadbirlarni ishlab chiqish, Agentlik xodimlarining ingliz tili bo‘yicha malakalarini oshirish bo‘yicha tegishli Vazirliklar bilan hamkorlikda kurslar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



