Fargʻona viloyatida telekommunikatsiya xizmatlari sifati va qamrovi oʻrganildi.
2026-07-31 17:00:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlar davomida viloyatning Quva, Toshloq, Yozyovon, Qushtepa tumanlari va Kuvasoy shahrining faollari va aholisi bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotlar davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar va takliflar oʻrganildi. Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning taklif va muammolari ham tinglandi.
Shuningdek, hududdagi mavjud telekommunikatsiya tarmoqlari va aloqa obyektlarining faoliyati oʻrganilib, joylardagi soha vakillari tomonidan aloqa va internet xizmatlari sifatiga oid bildirilgan murojaatlar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish hamda hudud aholisini zamonaviy va sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan taʼminlash, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga qatʼiy rioya qilish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Mazkur oʻtkazilayotgan oʻrganishlar hududlarda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va qamrovini yaxshilash, aloqa infratuzilmasini rivojlantirish hamda isteʼmolchilar uchun yanada qulay va sifatli xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.




