O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi mehnat jamoasining ta’sis majlisi bo‘lib o‘tdi.
2026-07-09 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi mehnat jamoasining ta’sis majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibiga muvofiq, ochiq ovoz berish orqali Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini tuzish, Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari va raisini saylash, Jamoa shartnomasini tuzish, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi nizomini tasdiqlash hamda Taftish komissiyasini saylash to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilindi.
Majlisda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Yu.Yu. G‘afurov qatnashdi.
Majlisda mehnat jamoasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.




