Joriy yilning 9-iyul kuni mobil aloqa operatorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-07-09 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan bo‘lib o‘tgan taqdimotda belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan sohada faoliyat yuritayotgan mobil aloqa operatorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda respublikaning chekka hududlarida aholiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil qilish uchun infratuzilmani yanada rivojlantirishga qaratilgan mobil tayanch stansiyalarni o‘rnatish uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar asosida tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqishga kelishib olindi.


