HUDUDIY MATBUOT KOTIBLARI UChUN MEDIA-TRENING
2025-02-17 16:35:00 / Yangiliklar

Dastlab “Zamonaviy dunyoda matbuot kotibining roli” mavzusida taqdimot tinglandi.
Ta’kidlandiki, bugungi kunda matbuot kotibining roli har qachongidan ham muhim. Ular tashkilot va jamoatchilik o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik hisoblanadi, muloqotda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlaydi. Matbuot kotibi tashkilotning ovozi bo‘lib, uning pozitsiyasini ifodalaydi, turli inqirozli vaziyatlarga nisbatan munosabat bildiradi hamda ijobiy imijini yaratadi. Matbuot kotiblari tez o‘zgaruvchan axborot oqimlariga moslashuvchan bo‘lishlari kerak.
Shuningdek, media-treningda ochiqlik bo‘yicha davlat siyosati asoslari matbuot kotiblariga tushuntirib berildi.
Tadbirda Suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida suv xo‘jaligi sohasi uchun belgilangan vazifalarni yoritish hamda “suv – tekin emas” g‘oyasini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish bo‘yicha 2025-yil birinchi choragi uchun Media-reja ijrosini ta’minlash muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida hududiy tashkilotlar matbuot kotiblari faoliyatiga daxldor masalalar ko‘rildi, kelgusi rejalar belgilab olindi.
Axborot xizmati