OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2024-12-12 17:20:00 / Yangiliklar
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiya, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari qatnashdi.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan strategik va joriy vazifalarni amalga oshirishda, barcha bo‘g‘indagi ijro organlari, avvalo, hukumat va uning a’zolari zimmasidagi mas’uliyat hozirgi murakkab zamonda har qachongidan ham ortib borayotganligini ta’kidladi. Bu jarayonda ochiqlik va adolat asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat boshqaruvida va jamiyatda shaffoflikni ta’minlash, axborotga erkin kirish imkoniyatini yaratish va fuqarolarning
fikr-mulohazalarini inobatga olish ochiqlikning mavjudligidan dalolatdir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutov jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, qonunchilik faoliyatida fuqarolik jamiyati instituti vakillarining ishtiroki haqida so‘z yuritdi.
O‘zLiDep Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi Suv xo‘jaligi vazirligidan davlat ijtimoiy buyurtmasini olish bo‘yicha tashabbusli loyiha ishlab chiqib, taqdim qilgan edi. Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi ushbu tashabbusli loyihani ma’qulladi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zLiDep Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Madiyor Xandayev buning uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarini aytdi.
Tadbirda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan nodavlat nojorat tashkilotlari uchun beriladigan grantlar, bu boradagi tanlovlarda ishtirok etish haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda kengash raisi Lutfulla Muxammadnazarovning hisoboti eshitildi.
Suv xo‘jaligi vaziri ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi, fuqarolik jamiyati instituti vakillarining taklif-mulohazalari tinglandi.
Axborot xizmati