Hududlarga tashrif davomida Uzun tumani markazini obodonlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish ishlari bilan tanishildi.
Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari bilan aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etishda rahbarlarning joylarda ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi muammolarning manzilli yechimida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashriflari hamda o‘tkazilgan videoselektorlarda berilgan topshiriqlar asosida vohamizda turizmning turli yo‘nalishlari, jumladan, ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.