Hududlarga tashrif davomida Uzun tumani markazini obodonlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish ishlari bilan tanishildi.
2025-02-24 01:55:00 / Yangiliklar
Shuningdek, 2-son politexnikum qoshida qandolatchilik klasterini tashkil etish, tumandagi markaziy istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish hamda tadbirkorlik loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, Sariosiyo tumanidagi "Turmushobod" mahallasining infratuzilmasini yaxshilash ishlari, jumladan, yo‘llarni asfaltlash va beton ustunlar o‘rnatish jarayonlari o‘rganildi. Suhbat chog‘ida nuroniylar davlatning aholi turmush farovonligini oshirishga qaratayotgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Denov tumanida berilgan topshiriqlarning ijrosi o‘rganilib, Yoshlar saylgohi qurilishi va "Qo‘zichoqli" kichik sanoat zonasidagi loyihalarning joylashtirilishi bilan tanishildi.





