Asosiy kontentga o'tish

China Certification & Inspection Group (CCIC), Central Asia Co..LTD vakillari bilan uchrashuv

2025-04-03 12:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoyning China Certification & Inspection Group (CCIC), Central Asia Co..LTD direktori Xu Wenxian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Janob Xu Wenxian O‘zbekiston bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuvda muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy Bozorlarni tartibga solish administratsiyasi (SAMR), Xitoy Standartlashtirish tashkiloti (SAC), Xitoy Milliy metrologiya instituti (NIM China), Xitoy Sifat sertfikatlashtirish markazi (CQC), Xitoy Akrreditatsiya idorasi (CNAS) bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirish va yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga e’tibor qaratildi. 

Uchrashuv yakunlari O‘ztest va China Certification & Inspection Group (CCIC), Central Asia Co..LTD o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolash, hamkorlikni yanada kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishildi.

187

Oxirgi yangilanish: 2025-04-05 21:33:14

China Certification & Inspection Group (CCIC), Central Asia Co..LTD vakillari bilan uchrashuv