O‘tgan yilning IV choragida Soliq tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
2025-01-21 20:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan Davlat tili bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda Soliq qo‘mitasi mas’ul xodimi Ulyana Filimonovaning o‘zbek tilidagi chiqishi tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
2024-yilning noyabr oyida Soliq qo‘mitasida faoliyat yuritayotgan 60 nafar xotin-qizlarning Buxoro viloyatiga sayohati tashkil etildi.
Sayohat davomida ko‘hna shaharning qadimgi obidalarini ziyorat qilib, boy tariximiz haqida ma’lumot olishdi.
Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.
Shu munosabat bilan Soliq qoʻmitasida bu galgi “Xon atlas” haftaligi ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Soliq qo‘mitasi xotin-qizlari milliy liboslar targ‘ibotida faol ishtirok etishdi.