Asosiy kontentga o'tish

O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari

2024-12-24 15:05:00 / Qo'mita yangiliklari

2024-yil yanvar-noyabr oylari davomida 26,3 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (563 ming) 4,7 %ni tashkil etadi.  

Ushbu tekshiruvlar natijasida 13 417,1 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to‘lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:

QQS – 6 901,8 mrld soʻm;
foyda soligʻi – 5 663,5 mrld soʻm;
JShODS – 291,6 mlrd soʻm;
AOS – 158,2 mlrd soʻm;
boshqa soliqlar va yig‘imlar – 401,9 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:

umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 7 507,8 mrld soʻm;
qurilish – 2 138 mrld soʻm;
ishlab chiqarish – 1 962,2 mrld soʻm;
qishloq xo‘jaligi - 604,8 mlrd so‘m;
transport - 580,7 mlrd soʻm;
boshqa sohalar - 623,6 mlrd so‘m. 

 

Kameral soliq tekshiruvlari boshqarmasi

 

317

Oxirgi yangilanish: 2025-01-11 14:55:13

;