Atrof-muhit monitoringi hisoboti e’lon qilindi (2024-yil, 2-yarim yillik)
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida navbatdagi Atrof-muhit monitoringi hisoboti tayyorlandi.
Hisobotda:
- loyiha doirasida amalga oshirilgan faoliyat va shartnomalarning ijrosi,
- ekologik kafolatlarning bajarilishi holati,
- monitoring natijalari,
- institutsional va tashkiliy o‘zgarishlar,
- shikoyatlar mexanizmi va kelgusi choralar yuzasidan tavsiyalar keng yoritilgan.
Mazkur hujjat loyiha samaradorligini oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda chiqindilarni barqaror boshqarish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
To‘liq hisobot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: Hisobotni yuklab olish
