Samarqandda chiqindi yoqish zavodi qurilishiga start berildi
2025-07-18 17:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Ayni paytda Samarqand shahri “Xushrav” qo'rg'oni “Navro'z” MFYda joylashgan 15 gektar hududda chiqindi yoqish zavodi qurilish jarayonlariga start berilib, tamal toshi qo'yilmoqda.
Bu bo‘yicha chiqindilarni (https://t.me/sanitationuz/2113) qayta ishlash va ulardan energiya manbai olishga asoslangan zamonaviy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS Environment” LLC yetakchi ekologik kompaniyasi rahbari Long Ji Sheng o'rtasida chiqindilarni yetkazib berish bitimlari imzolangan edi.
Jarayonda Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori Sharifbek Hasanov so'zga chiqib, "Ushbu loyihalar atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni poligonlarga joylash hajmini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi maqsadlarga xizmat qilishi" haqida ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, ochilish marosimida tashabbuskor investorlar, viloyat hokimi, Ekologiya va Chiqindilarni boshqarish boshqarmalari, sektorlar mas'ullari, mahalla va sanitar tozalash korxonalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Samarqand viloyatida “Shanghai SUS Environment” LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 150 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilgan. Kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha 150-200 ta yangi ish o'rni yaratilishi bilan ham ahamiyatlidir. Investor tomonidan 2025–2027 yillarda loyihaning ishga tushirilishi taʼminlanadi.




