Sanitar xizmatlarda zamonaviy yondashuvlar
2025-10-06 16:05:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tozalik va ozodalik oyligi doirasida hududlaridagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalariga zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilishi ta'minlanmoqda. Jumladan, “Mironshox Komfort Serves” hamda “Stimul Navoiy” MCHJlari tomonidan Navoiy shahri, Navbahor, Nurota, Konimex, Xatirchi va Karmana tumanlari hududlarida joylashgan chiqindi to‘plash shoxobchalarida zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Ma'lumot uchun: Bu kabi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash jarayonlarida xizmat sifatini yaxshilash, tizimda shaffoflik va atrof-muhit tozaligini ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.


