RADDIYA
2025-09-25 14:00:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokama bo‘lgan “Qashqadaryoda chiqindi poligoni yonayotgani” to‘g‘risida e'lon qilingan xabarlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM viloyat hududiy boshqarmasi mas'ullari tomonidan markaziy poligonda o‘rganish olib borildi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Sherali” MFY Mang‘it qishlog‘i hududida joylashgan chiqindi poligonida 25-sentabr kunida hech qanday yong‘in kuzatilmagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi yong‘in joriy yilning 21-sentyabr kuni noma'lum shaxslar tomonidan qasddan sodir etilgan bo‘lib, uning oqibatida 0,5 gektar yer maydoni yongan va yong‘indan mas'ullar xabar topgach darxol bartaraf etilgan. Hozirgi kunda poligonda sodir etilgan yong‘in holatida jinoyat alomatlari bo‘lganligi bois, holat yuzasidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Bugungi kunda ayni poligon maxsus texnikalar yordamida kundalik rekultuvatsiya qilinib, tuproq qatlami bilan yopilmoqda.
Ma'lumot uchun: Mazkur poligonning umumiy maydoni 18 gektarni tashkil etib, aholi yashash punktidan 3,0 k/m uzoqlikda joylashgan. Poligon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son Farmoni ijrosiga muvofiq, 2024-yil 8-noyabr kunidan “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan.
