“World cleanup day”: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing
2025-09-18 21:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 20-sentabr kuni soat 11.00 da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “World cleanup day” (Butunjahon tozalik kuni) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.
Aksiya “World cleanup day-2025” (“Butunjahon tozalik kuni”) munosabati bilan “Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” shiori ostida tashkil etiladi va jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari
va xususiy tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashtirishga qaratilgan.
Barchangizni ushbu eko-aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz! Safimizga qo‘shiling, aksiyada faol ishtirok eting va atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
Ekoaksiya respublikamiz bo‘ylab hududlarning quyidagi manzillarida o‘tkaziladi:
• Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi — Toshkent dengizi sohili bo‘yida;
• Sirdaryo viloyati —Sirdaryo tumani, “Kamolot” MFY, Asalchi qishlogʻi, “Sirdaryo” daryosi muhofaza hududi;
• Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, yo‘l yoqasi;
• Samarqand viloyati — Samarqand shahri, Karvon haykallar bog‘i;
• Navoiy viloyati — Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY;
• Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘i;
• Surxondaryo viloyati —Termiz shahri, Ekobog‘ sayilgohi;
• Xorazm viloyati — Urganch shahri, Yoshlar ko‘li;
• Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahri, “Alisher Navoiy” istirohat bog‘i;
• Andijon viloyati — Andijon tumani, Z.M.Bobur bog‘i;
• Namangan viloyati — Namangan shahri, Bobur bog‘i;
• Farg‘ona viloyati — Farg‘ona tumani, “Saktak” ziyoratgohi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus shahri.
