Samarqandda chiqindi masalalariga doir sayyor qabul o‘tkaziladi
2025-07-30 17:45:00 / Yangiliklar

Bugun, 18-iyul kuni soat 14:00da Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov ishtirokida Samarqand shahri “Bog‘ishamol” MFY binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
Unda agentlik, shahar hokimligi, viloyat Ekologiya va Chiqindilarni boshqarish boshqarmalari, mahallalar hamda mas’ul sanitar tozalash korxonalari vakillari ishtirok etadi.
Qabul davomida viloyatdagi jismoniy hamda yuridik shaxslarning chiqindilarni boshqarish sohasi, sanitar tozalash xizmati sifati, poligonlar holati, to‘lov intizomiga doir taklif va murojaatlari o‘rganiladi.
Maʼlumot o‘rnida: bu kabi chora-tadbirlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.
