Rasmiy munosabat!
2025-07-30 09:10:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda feyk akkauntlar orqali Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, “Yakkatut” MFYda joylashgan margimush saqlanayotgan maxsus obyektning hozirgi ahvoli haqida xabarlar tarqaldi.
Bu borada, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi obyekt doimiy nazoratga olinganligi hamda tarqalgan xabarlar asossiz ekanligini maʼlum qiladi:
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikdan bu kabi xabarlarga ishonmaslikni, ularni tarqatishdan oldin toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligiga aniqlik kiritishlarini soʻraymiz. Agentlik ochiq muloqotga har doim tayyor.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, margimush obyektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy taʼsiriga chek qoʻyilgan. Hudud atrofi beton toʻsiqli devorlar bilan oʻrab, konservatsiya qilingan hamda hudud boʻylab sim yogʻochlar oʻrnatilgan. Shuningdek, obyektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomgʻir va oqova suvlarini hamda nam massani oʻtkazmaslik maqsadida burgʻulash (teshish) ishlari amalga oshirilgan.
Qolaversa, hududda har chorakda rejaviy suv, tuproq namunalari olinib, nazorat monitoring tadbirlari oʻtkaziladi.
