Respublikada 766,3 ming tonna maishiy chiqindi qayta ishlandi
2025-05-30 12:00:00 / Matbuot anjumanlari

Bugun, 30-may kuni Axborot va ommaviykommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish vatsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Dilnoza Komilova ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifing 2024 yil davomida va 2025 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan tahliliga bag‘ishlandi.
- Maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida 313 ta maxsus texnika, 3 800 dan ortiq konteyner, 3 ta chiqindi saralash va 11 ta qayta ishlash uskunalari xarid qilinib, sanitar tozalash korxonalariga yetkazib berildi.
- Jumladan, 2024 yilda 146,3 mlrd so‘m qiymatidagi 131 ta va 2025 yil 1-choragida 28 mlrd so‘mga 25 ta maxsus texnika hamda o‘tkan yilda 971 mln so‘mga 352 ta va 2025 yilning birinchi choragida 55 mln so‘mga 20 ta chiqindi konteyneri xarid qilinib, sanitar tozalash korxonalariga yetkazib berildi.
- Aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish maqsadida Agentlikning yagona elektron “Toza makon” billing tizimi hamda uning “Toza Makon” mobil ilovasi ishga tushurildi. Mobil ilova “App Store” va “Play Market” platformalariga joylashtirildi. Unda barcha elektron to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilindi va amalga oshirilgan to‘lovlar onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri abonentlarning shaxsiy hisob varaqlarida aks ettirish imkoniyati yaratildi.
- Sanitar tozalash xizmatida respublikada jami 8 277 ta 88 foiz mahallada 7 mln 224 ming ta abonent, 23 mln 542 ming nafar ya’ni 63 foiz aholi qamrab olishga erishildi.
- “Toza makon” billing tizimida abonentlarning jismoniy shaxslarni shaxsiy identifikasiya raqami bo‘yicha 73 foizi va xonadon kadastr raqami bo‘yicha esa 94 foizi tizimga kiritilib, jarayonlar yakuniga yetkazilmoqda.
- Sanitar tozalash korxonalari tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun “Yagona elektron tizim”da 2024 yilda 1 059,8 mlrd so‘m va 2025 yilning birinchi choragida 322,8 mlrd. so‘m mablag‘ tushum qayd etilib, to‘lov intizomi 90 foizga bajarildi (2025 yil 7 martdagi O‘RQ-1044-son Qonun bilan joriy 2025 yil iyul oyidan boshlab to‘lov intizomi elektr energiyasiga bog‘lanib qo‘yilishi bilan tartibga solinadigan bo‘ldi).
- Chiqindilarni boshqarish sohasida zamonaviy texnologiyalar va intvestitsiyalarni jalb etish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining 3 ta yirik kompaniyasi ishtirokida “Chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” loyihalari yo‘lga qo‘yildi.
- Bu borada, davlatimiz rahbarining 2025 yilning 24 mart kunidagi 116, 117, 118 sonli qarorlari qabul qilindi. Unga ko‘ra umumiy 933 mln AQSh dollari qiymatidagi loyihalar orqali Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 7 ta hududni qamrab olgan holda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqaruvchi zavodlar quriladigan bo‘ldi. Mazkur zavodlar 2025-2027 yillarda barpo etilib, ularda 900 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
- Natijada yiliga 3,6 mln tonna chiqindini yoqish orqali 1,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, aholi xonadonlarga yetkazib beriladi. Muhim jixati atmosferaga tashlanadigan zararli issiqxona gazlari 2,4 mln tonnagacha kamayishiga erishiladi.
- Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Sayar” kompaniyasi bilan umumiy kiymati 115 mln AQSh dollari bo‘lgan “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
- Janubiy Koreyaning “Sejin” kompaniyasi ishtirokida umumiy qiymati 55 mln AQSh dollari bo‘lgan “Maishiy chiqindi poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” loyihasi bo‘yicha “Ohangaron” poligoni rekultivatsiya qilinib, hozirgi paytda 90 ta maxsus quduqlar qazildi. Kelgusida ularni 500 taga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada metan gazni zararsizlantirib tortib olinishi orqali qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
- Shu bilan birga, Oxangaron tumanida “Maxsustrans” sanitar tozalash korxonasi uchun 29 gektar iborat zamonaviy chiqindi to‘plash poligoni foydalanishga topshirildi. Mazkur poligon kimyoviy chiqindilarning yer osti suviga zarar yetkazmasligi uchun maxsus himoya qatlami bilan qoplangani, unda chiqindilarni joylashtirish, o‘lchash va nazorat qilishdagi qulayliklari bilan ahamiyatlidir.
- Sohani raqamlashtirish, maxsus texnikalar harakatining onlayn kuzatuvini tashkil etish maqsadida respublikada mavud 9 575 ta maxalla fuqarolar yig‘ini, 71 066 ta ko‘cha, 196 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni, 3 361 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va ularga biriktirilgan 620 ming ta abonent va 3 083 ta maxsus texnika “Toza makon” billing tizimiga kiritildi.
- GPS tizimida tajriba tariqasida Jizzax viloyatining 9 ta tumanida faoliyat yuritayotgan maxsus texnikalarni onlayn kuzatish maqsadida 42 ta chiqindi tashuvchi avtotransport vositalari “Chiqindilarni intelektual boshqarish” dasturida alohida sahifalar orqali qayd etilib, ularni monitoring qilib borish imkoniyati yaratildi.
- Xizmat sifatini oshirish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishini nazorat qilish maqsadida 39 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 219 ta maxsus texnikaga onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
- 14 turdagi chiqindilarni qayta ishlash masalalariga ham etibor berilmoqda. 2024 yilda respublika aholisidan jami 14,8 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lgan. Shundan respublikada faoliyat yuritib kelayotgan 292 tadan ortiq chiqindini qayta ishlash korxonasi tomonidan 766,3 ming tonna maishiy chiqindi qayta ishlanib, chiqindi qayta ishlash darajasi 5,2 foizni tashkil etdi.
- Sohada aholini rozi qilish maqsadida Agentlikning 1205 va 1275 ishonch raqamlari yo‘lga qo‘yilib, respublika bo‘yicha chiqindi masalalariga doir murojaat va takliflar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
- Natijada 2024 yilda 5 779 ta murojaat qabul qilinib, shundan 4 752 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 2025 yilning 1 choragida esa jami 3 020 ta murojaat kelib tushib, shundan 2017 tasi ijobiy yechim topdi, qolganlariga amaldagi qonunchilik doirasida tegishli tushuntirishlar berilib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
- Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan 1367 gektar maydondagi 42 ta poligon tartibga keltirildi. Jami 29 ta poligon rekultivatsiya qilinib, tuproq qatlami bilan yopildi. Aholi salomatligi, atrof-muhit va ekologiyaga salbiy ta’siriga chek qo‘yilib, 81 gektar yer tabiatga qaytarildi. 40 ta poligonda kuzatuv kamerasi va 30 tasiga avtotarozi o‘rnatildi.
- “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida chiqindi poligonlari atrofida 540 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, “yashil belbog‘”lar tashkil etilmoqda.
- Agentlik tashabbusi bilan “Hayot uchun joy ajrating” hamda “Chiqindisiz dunyo uchun” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyalari o‘tkazilib, unda respubliya bo‘ylab 5,5 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib jami 386,306 tonna chiqindidan tozalandi.
- Shuningdek 2024 yil va 2025 yilning 1 choragida 3 marotaba “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda barcha davlat tashkilot idoralari faol qatnashib, mahallalarda tozalik obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, 124 ta sanitar tozalash korxonasi tomonidan 4085 ta texnikalari jalb etilib, 800 ming 263 ta jamoat joyi, ko‘chalar, mahallalar tozalanib, jami 135 ming 200 tonna miqdoridagi chiqindi olib chiqib, bartaraf etildi.
