Agentlik xodimlari “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etdi
2025-06-25 15:30:00 / Yangiliklar

Aksiya doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xodimlari ishga jamoat transportida kelishdi.
Ushbu aksiya atrof-muhitni avtomobillar chiqaradigan zararli gazlardan muhofaza qilish, yirik shaharlarda transport harakatini qisqartirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish maqsadida har oyning to’rtinchi chorshanba kuni o‘tkaziladi.



