“Böstonliq tajribasi”: tozalaş xizmatida yagona standartlar joriy etilmoqda
2026-11-24 14:10:00 / Yangiliklar

Bundan közlangan asosiy maqsad hududda tozalaş xizmatlari sifatini oşiriş, bu jarayonlarni yagona talablar asosida taşkil etiş hamda xodimlarning kasbiy va kommunikativ könikmalarini rivojlantirişdan iborat.
Tadbir davomida sanitar tozalaş xizmati xodimlari uçun yagona kiyiniş madaniyati (dress-kod) va xizmat körsatiş standartlarini joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xodimlarning iş jarayonida maxsus xizmat kiyimida bölişi, taşqi körinişiga rioya qilişi, xizmat vazifalarini belgilangan talablar asosida bajarişi yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Şu bilan birga, xodimlarning aholi va sayyohlar bilan samarali muloqot örnatiş könikmalarini rivojlantiriş, xizmat körsatişda xuşmuomalalik, odob-axloq tamoyillariga rioya etişini ta’minlaş maqsadida muntazam öquv maşğulotlarini taşkil etiş muhimligi qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, sanitar xizmatlari sifati nafaqat hududlarning ozodaligi, balki aholi va sayyohlarda hudud haqida şakllanadigan ijobiy taassurotda ham muhim örin tutadi. Şu bois xodimlarning taşqi körinişi, xizmat intizomi va muloqot madaniyati yagona xizmat standartlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.


