Aylanma iqtisodiyot sohasidagi 6 ta istiqbolli loyiha qöllab-quvvatlandi
2026-11-23 19:45:00 / Yangiliklar

Dastur doirasida Toşkent, Angren va Nukus şaharlaridan 120 nafardan ortiq tadbirkor, startap asosçisi va özini özi band qilgan fuqarolar iştirok etdi. Ularning kamida 50 foizini xotin-qizlar va yoşlar taşkil etdi. Tanlov natijalariga köra, 6 ta eng yaxşi loyiha ğolib deb topildi.
Tadbirda Agentlik direktori Şarifbek Hasanov aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş, çiqindilarni qayta işlaş va ulardan samarali foydalaniş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri ekanini ta’kidladi.
“Aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişidir. Mazkur dastur tadbirkorlarimizga, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlarga sarmoya kiritiş orqali nafaqat ekologik muammolarni hal etayotganimiz, balki barqaror iş örinlari yaratib, yanada yaşil iqtisodiyot barpo etayotganimizni yaqqol namoyon etadi.” — dedi Ş. Hasanov
Tadbir doirasida taşkil etilgan yarmarkada iştirokçilar öz loyihalarini namoyiş etdi. Bu esa tadbirkorlar, investorlar va hamkor taşkilotlar örtasida yangi aloqalar örnatiş uçun imkoniyat yaratdi.
UNDPning Özbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii ham çiqindilarni qayta işlaş orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratiş, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantiriş va mamlakatning yaşil iqtisodiyotga ötişini qöllab-quvvatlaş muhimligini ta’kidladi.
Ma’lumot uçun: “Özbekiston şaharlarida aylanma iqtisodiyot va çiqindilarni boşqarişni rağbatlantiriş” loyihasi UNDP va Agentlik hamkorligida amalga oşirilmoqda. Loyiha çiqindilarni qayta işlaşni rivojlantiriş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş hamda xotin-qizlar va yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.








