Çiqindilarni boşqariş tizimi: amaliyot va yangi imkoniyatlar
2026-11-23 18:20:00 / Yangiliklar

Örganişlar davomida deputatlar dastlab “Angren Bunyod Fayz” xususiy korxonasining Olmaliq şahar filialida bölib, maişiy çiqindilarni yiğiş, olib ketiş, saralaş va qayta işlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi. Korxonada faoliyat yuritayotgan 179 nafar xodim Olmaliq va Nurafşon şaharlari hamda Ohangaron va Örta Çirçiq tumanlaridagi 316 ming nafar jismoniy va yuridik şaxslarga sanitar tozalaş xizmatlarini körsatib kelmoqda.
Deputatlar örganişlar bilan bir qatorda Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ijrosiga hissa qöşiş maqsadida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarida ham faol iştirok etib, korxonaga qaraşli böş maydonga daraxt köçatlarini ekişdi.
Şundan söng işçi guruh a’zolari tomonidan hududdagi çiqindilarni boşqariş infratuzilmasini kengaytiriş borasidagi yirik loyihalar ham közdan keçirildi. Xususan,Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumani “Boyovul” MFY hududida taşkil etilayotgan “Çiqindilarni qayta yuklaş stansiyasi”ga hududlardan jami 63 ta maxsus texnika orqali bir kunda 1 323 m³ qattiq maişiy çiqindi olib kelinişi rejalaştirilgani aniqlandi. Özaro muloqotlarda çiqindilarni yiğiş, taşiş va qayta işlaş jarayonlaridagi mavjud holat, infratuzilma imkoniyatlari hamda tizimda yeçimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
Deputatlar çiqindilarni qayta işlaş orqali iqtisodiy samaraga erişiş imkoniyatlarini ham e’tirof etişdi. Jumladan, Ohangaron tumanida “Çina CAMC Engineering Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihasi bilan tanişildi. Umumiy qiymati 240 million dollarni taşkil etuvçi mazkur zavod kuniga 2,5 ming tonna qattiq maişiy çiqindini termik usulda qayta işlaş va yiliga 390 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega böladi.
Mazkur örganişlar “Çiqindilar töğrisida”gi qonun loyihasini maromiga yetkazişda muhim amaliy asos bölib xizmat qililişi bilan ahamiyatlidir.
Xalq vakillari, şuningdek, Toşkent şahrida tibbiyot çiqindilarini termik usulda qayta işlaş loyihasi hamda plastik, şişa va alyuminiy içimlik idişlarini qabul qilişga möljallangan fandomatlar faoliyati bilan ham tanişdi. Fandomatlar orqali aholi saralangan idişlarni topşirib, har biri uçun 150 söm miqdorida rağbat olişi mumkin. Bu esa çiqindilarni manbaida saralaş madaniyatini şakllantiriş va qayta işlaşga jalb etişning amaliy mexanizmlaridan biri ekanligi qayd etildi.









