Böstonliq tumanida “Saralangan çiqindi” tamoyili asosida ekologik tarğibot tadbiri taşkil etildi
2026-11-19 18:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda ekofaol Mötabar Xuşvaqtova iştirok etib, aholiga maişiy çiqindilarni saralaşning ahamiyati, qayta işlaşga yaroqli materiallardan ikkilamçi xomaşyo sifatida foydalaniş imkoniyatlari hamda buning ekologik va iqtisodiy foydalari haqida tuşunçalar berdi.
Şuningdek, iştirokçilarga çiqindilarni saralaş böyiça olgan bilimlarini oila a’zolari va mahallaning boşqa fuqarolariga ham yetkaziş tavsiya etildi. Xususan, çiqindilarni töğri saralaş orqali qayta işlaş hajmini oşiriş, tabiiy resurslarni tejaş va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiriş mumkinligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uçun: mazkur ekologik tarğibot tadbirlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari taşabbusi bilan işlab çiqilgan “Böstonliq tajribasi” nazorat rejasi doirasida amalga oşirilmoqda.
Çiqindilarni saralaş madaniyatini şakllantiriş nafaqat hududlar tozaligini ta’minlaş, balki çiqindilarni qayta işlaşga yönaltiriş, ikkilamçi xomaşyo uluşini oşiriş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş yölidagi muhim qadamlardan biridir.



