Çiqindilarni boşqariş böyiça Turkiya tajribasi örganildi
2026-11-12 22:20:00 / Yangiliklar

Taşrif davomida muzey ekspozitsiyalari, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş, ikkilamçi xomaşyodan samarali foydalaniş, resurslarni tejaş hamda ekologik madaniyatni yuksaltirişga qaratilgan körgazmali materiallar bilan tanişildi.
Şuningdek, Turkiyaning Zero Waste Foundation (Nol çiqindi jamğarmasi) faoliyati, uning xalqaro hamkorlik yönalişlari va ekologik taşabbuslari haqida ma’lumot berildi.
Ma’lumot uçun, 2023-yilda taşkil etilgan jamğarma çiqindilarni kamaytiriş, qayta işlaş va barqaror rivojlaniş tamoyillarini keng tarğib qilişga xizmat qiladi.
Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi ham mazkur jamğarma bilan yaqin hamkorlikni yölga qöygan bölib, ayni paytda sohada qator startap loyihalar va istiqbolli taşabbuslarni birgalikda işlab çiqiş hamda amalga oşiriş böyiça işlar olib borilmoqda.



